Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

9 nafar hamshiralarga 40 milion so‘mdan ortiq pul mablag‘lari to’liq to’lab berildi!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan adliya organlariga normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida zarur statistik ma’lumotlarni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotlarni, qarorlar va boshqa hujjatlarni, ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan bepul tarzda so‘rash va olish huquqi berilgan. 
Shundan kelib chiqib, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 
Urganch tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli ixtisoslashtirilgan  maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 158-moddasida asosan tungi vaqtdagi (122-moddaning birinchi qismi) ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanilishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
O‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra Urganch tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli ixtisoslashtirilgan  maktabgacha ta’lim tashkilotida tungi vaqtda ishlovchi 9 nafar hamshiralar manfaatini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo’yicha Urganch tumanlararo sudiga ariza kiritilib, sud buyrug’iga asosan 40 milion 95 ming so‘m pul mablag‘lari hisob-kitob qilinishi to’liq ta’minlandi.