Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Monitoringlar o’z samarasini bermoqda!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan adliya organlariga normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida zarur statistik ma’lumotlarni, tahliliy materiallarni, hujjatlarni, boshqa axborotlarni, qarorlar va boshqa hujjatlarni, ma’lumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan bepul tarzda so‘rash va olish huquqi berilgan. 
Shundan kelib chiqib, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch va Xiva shahar, Bog‘ot va Gurlan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli ixtisoslashtirilgan  maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 158-moddasida asosan tungi vaqtdagi (122-moddaning birinchi qismi) ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanilishi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
O‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra Urganch va Xiva shahar hamda Bog‘ot va Gurlan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli ixtisoslashtirilgan  maktabgacha ta’lim tashkilotida tungi vaqtda ishlovchi 62 nafar xamshiralar manfaatini ko‘zlab kiritilgan taqdimnoma va sud buyruqlariga asosan 133 mln so‘m pul mablag‘i hisob-kitob qilinishi choralari ko`rildi.