Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

HAR MUROJAAT E’TIBORDA!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “MARKA BETON” xususiy korxonasi rahbari A.Yusupovning korxonaga nisbatan ta'sirchan soliq hisoblanganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati ko'rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish davomida, Xorazm viloyat hokimining 2021-yil 6-iyuldagi 7-3232-sonli xati va Urganch shahar soliq inspektsiyasi boshlig‘ining 202- yil 12-avgustdagi foydalanilmayotgan ob’ektlarni mustaqil aniqlash bo‘yicha 21/112-sonli xulosasiga asosan Urganch shahar Xonqa ko‘chasida joylashgan “MARKA BETON” xususiy korxonasiga qarashli ishlab chiqarish maydoni (ob’ekt)iga nisbatan ta’sirchan soliq mexanizmi qo‘llanilishida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, aniqlangan holatlar yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch shahar soliq inspektsiyasi va Foydalanilmayotgan ob'ektlarni aniqlash bo'yicha 1-ishchi guruhi rahbariga taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan taqdimnoma natijasida, foydalanilmayotgan ob’ektlarni aniqlash bo‘yicha birinchi ishchi guruhining 2021-yil 4-noyabrdagi 21/236-sonli xulosasiga asosan Urganch shahar davlat soliq inspektsiyasining 2021-yil 12-avgustdagi ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash to‘g‘risidagi 21/112-sonli xulosasi bekor qilinib “MARKA BETON” xususiy korxonasining huquqlari tiklandi.