Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar taqdirlanishdi!


Xorazm viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 7-dekabr kuni “8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda erkin va farovon turmushimiz asosi hisoblanmish bosh qomusimizning xalqaro nufuzi va xalqimiz hayotidagi o'rni haqida so'z yuritildi. 
Shundan so'ng, adliya organlari tizimida samarali faoliyat yuritgan, tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan namuna ko'rsatolgan bir guruh xodimlarga "Adliya a'lochisi" ko'krak-nishoni  hamda adliya vazirligi va boshqarma tomonidan faxriy yorliqlar  topshirildi.
Shu bilan birga, mazkur tadbir jarayonida Adliya vazirining buyrug'i bilan viloyatimizda faoliyat yuritayotgan bir guruh yuridik xizmat xodimlariga martaba-darajalarini topshirish marosimi ham bo'lib o'tdi.