Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

ADLIYA ARALASHGACH!


Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch tumani, Muqimiy ko'chasi 10-uyda yashovchi B.Babaniyazovning o'zi rahbarlik qilayotgan “Sanobar Barno Xajarbibi” oilaviy korxonasiga tegishli bo'lgan “Urganch buyum savdo kompleksi” MCHJ hududida joylashgan 4 ta do'kon binosi tuman xokimligi tomonidan kelishuv shartnomasi tuzilmasdan buzilganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati ko'rib chiqildi.
Murojaatni o'rganish natijasi bo'yicha oilaviy korxonaga tegishli bo'lgan Urganch tuman markaziy buyum bozorida joylashgan umumiy yer maydoni 48,60 va 18,75 kvadrat metr bo'lgan 2, 4, 5-do'kon binolari va umumiy yer maydoni 35 kvadrat metr bo'lgan bostirma buzib olinib, oilaviy korxonaga 63.917.878 so'm miqdorda zarar keltirilganligi aniqlangan.
 Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan keltirilgan zararni undirish bo'yicha Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da'vo arizasi qanoatlantirilib, Urganch tuman hokimligidan oilaviy korxona foydasiga 63.917.878 so'mni undirish yuzasidan sudning qonuniy qarori qabul qilindi.