Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

HАR BIR MUROJААT E'TIBORDА!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch shahridagi 26-son umumiy-oʼrta taʼlim maktabi ona-tili va adabiyoti fani oʼqituvchisi S.Аlimovaning shu yilning avgust oyidan beri ish haqlari toʼlanmasdan kelinayotganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Аniqlanishicha, fuqaro S.Аlimovaga 2021 yilning avgust oyi ish haqi toʼlash uchun markazlashgan hisobxonaga taqdim qilingan taʼbelda S.Аlimova ishda boʼlmaganligi sababli avgust oyi ish haqi toʼlanmaganligi, sentyabr oyida ishlangan jami 2.175.216 soʼm ish haqi hisoblanib, shundan unga toʼlanilishi lozim boʼlgan 1.892.437 soʼmdan 824.000 soʼm pul mablagʼi toʼlangan.
Lekin, boʼlim tomonidan fuqaroga sentyabr oyidan qolgan 1.068.437 soʼm pul mablagʼi asossiz ravishda toʼlanmagan.
 Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasida ish beruvchi oʼzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida koʼrsatilgan muddatlarda toʼlashi shartligi, Kodeksning 161-moddasida mehnatga haq toʼlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam boʼlishi mumkin emasligi, xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi toʼlashning boshqa muddatlari belgilab qoʼyilishi mumkinligi qayd etilgan.
Murojaatni oʼrganish yakuni boʼyicha adliya boshqarmasi tomonidan yuqoridagi Mehnat kodeksida belgilangan tartib asosida fuqaro S.Аlimovaga toʼlanilishi lozim boʼlgan ish haqlarini toʼlash choralarini koʼrish boʼyicha Urganch shahar Halq taʼlimi boʼlimiga taqdimnoma kiritildi va uning natijasiga koʼra fuqaroga 1.068.437 soʼm pul mablagʼi toʼlanilishi taʼminlandi.