Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

TADBIRKOR FOYDASIGA YILLAR DAVOMIDA TOʼLANMASDAN KELGAN QARZDORLIK UNDIRILDI!


Qoʼshkoʼpir tuman adliya boʼlimi tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan “Soʼna Omad Taraqqiyot” MChJning “Qoʼshkoʼpir obodonlashtirish va ta'mirlash direktsiyasi” davlat unitar korxonasi tomonidan toʼlovlar toʼliq toʼlab berilmaganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Аniqlanishicha, “Soʼna Omad Taraqqiyot” maʼsulyati cheklangan jamiyati Qoʼshkoʼpir tuman hokimligining ”Qoʼshkoʼpir obodonlashtirish va taʼmirlash direktsiyasi” davlat unitar korxonasi bilan 2017 yil 24 iyulda №1-2017-sonli pudrat shartnomasi tuzib, tumandagi “Аz-Zamaxshariy” nomli istirohat bogʼida jami 84.703.359 soʼmlik rekonstruktsiya va kapital tamirlash ishlarini bajargan.
Buyurtmachi tashkiloot tomonidan qilingan ishlar boʼyicha jami 33.000.000 soʼm pul mablagʼi toʼlab berilgan, lekin qolgan 51.703.359 soʼm qarzdorlik toʼlanmasdan kelgan.
Bu orada, tuman hokimligida 2021 yil 7 yanvarda oʼtkazilgan 1-sonli yigʼilish bayoniga asosan Qoʼshkoʼpir tuman hokimligi qoshida tashkil qilingan “Qoʼshoʼpir obodonlashtirish va taʼmirlash direktsiyasi” davlat unitar korxonasi tugatilib, davlat reestridan chiqarilgan.
Murojaat yuzasidan oʼtkazilgan oʼrganish davomida ushbu tugatilgan tashkilotning muassisi Qoʼshkoʼpir tuman hokimligi ekanligi aniqlangan hamda qolgan qarzdorlikni tuman hokimligidan undirish yuzasidan iqtisodiy sudga daʼvo arizasi kiritildi.
Sudning 2021 yil 4 noyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan daʼvo talabi toʼliq qanoatlantirilib, tadbirkor foydasiga yillar davomida toʼlanmasdan kelgan 51.703.359 soʼm qarzdorlik undirilishi taʼminlandi.