Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

FUQАRONING YER UCHАSTKАSIGА NISBАTАN BOʼLGАN HUQUQLАRI TIKLАNDI!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xiva tumani, “Qushchi kattabogʼi” mahallasida yashovchi fuqaro B.Аllaberganovning elektron onlayn-auktsion orqali sotib olgan yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqi Xiva tuman hokimligining tegishli xatiga asosan Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan bekor qilinganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Murojaatni oʼrganish davomida fuqaro B.Аllaberganovning elektron-onlayn auktsion orqali sotib olgan, Xiva tumani, “Qushchi kattabogʼi” mahallasi hududida joylashgan 400 k.v.metr yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqi asossiz bekor qilinganligi aniqlanib, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish toʼgʼrisida Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnoma muhokamasi natijasida Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasi qoshidagi Fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarini davlat roʼyxatidan oʼtkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini koʼrib chiqish boʼyicha doimiy ravishda faoliyat yuritadigan komissiyaning 2021 yil 17 sentyabrdagi 8-sonli qarori bekor qilinib, fuqaro B.Аllaberganovning yer uchastkasiga nisbatan boʼlgan huquqlari tiklanishi taʼminlandi.