Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

FUQАROGА KREDIT MАBLАGʼLАRI АJRАTILISHI TА'MINLАNDI!


Urganch tuman adliya boʼlimi tomonidan Gʼaybu qishlogʼi Xojiboylar mahallasida yashovchi fuqaro F.Raxmanovaning tikuv mashinalari olish maqsadida АT “Xalq banki” Koraul filialiga kredit ajratish uchun tegishli hujjatlarni topshirgan boʼlsada, kredit ajratilmaganligidan norozi boʼlib, kredit olishda amaliy yordam berishni soʼrab qilgan murojaati markaziy bank Xorazm viloyati bosh boshqarmasimutaxassislari ishtirokidaoʼrganib chiqildi.
Аniqlanishicha, F.Raxmanova “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida (tikuvchilik bilan shugʼullanish maqsadida) АT “Xalq banki” Koraul filialiga tikuv mashinalari olish uchun 36 (oʼttiz olti) oy muddatga 6 oy imtiyozli davr bilan, 14 (oʼn toʼrt) foiz ustama haq toʼlash sharti asosida 10 400 000 (oʼn million toʼrt yuz ming) soʼm miqdorida kredit ajratilishini soʼrab yozma ravishda ariza bilan murojaat qilgan. 
Ushbu ariza va tegishli hujjatlar АT “Xalq banki” Koraul filiali tomonidan oʼrganib chiqilib, 2021 yil 09 sentyabr kuni F.Raxmanovaga kredit ajratish maʼqullangan va filiali oʼrtasida 1692/1-sonli shartnoma imzolangan.
Ushbu shartnomaning 3.1.1-bandida, F.Raxmanovaga bank tomonidan shartnomada koʼrsatilgan miqdorda va shartlarda shartnoma kuchga kirgandan soʼng 5 bank ish kuni ichida kredit ajratilishi koʼrsatilgan, biroq АT “Xalq banki” Koraul filiali tomonidan kredit shartnomasi kuchga kirganiga deyarli 2 oyga yaqin muddat oʼtgan boʼlishiga qaramasdan asossiz kredit mablagʼi ajratilmaganligi maʼlum boʼldi.
Bu yuzadan, Markaziy bank Xorazm viloyati bosh boshqarmasi tomonidan 2021 yil 29 oktyabr kuni F.Raxmanovaga kredit mablagʼlari ajratilishini asossiz oʼz muddatida taʼminlamagan АT Xalq banki Koraul filiali boshqaruvchisi va masʼul xodimlarining qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy javobgarlik masalasini hal qilish maqsadida АT “Xalq banki” Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi nomiga 14-14/974-sonli xat kiritildi. 
Shuningdek, АT “Xalq banki” Koraul filiali tomonidan taqdim qilingan 2021 yil 1 noyabrdagi 1-son memorial orderga asosan, bank kredit summasi, yaʼni 10 400 000 (oʼn million toʼrt yuz ming) soʼmni F.Raxmanovaning ssuda hisob raqamidan Urganch tumanidagi “Urganch mevazor servis” xususiy korxonasining hisob raqamiga tikuv mashinalari sotib olish uchun oʼtkazib berildi.