Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

MUROJААTLАR QONUNIY YECHIMINI TOPMOQDА!


Xonqa tumani, P.Maxmud koʼchasi 115-uyda yashovchi fuqaro X.Jumaniyozovning tuman qishloq xoʼjaligi boʼlimida ishlab kelayotgan bosh mutaxassis lavozimi qisqartirilgan boʼlsada, ish beruvchi tomonidan moddiy madad puli va ishdan boʼshatish nafaqasi berilmaganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati tuman adliya boʼlimi tomonidan koʼrib chiqildi.
Murojaat koʼriib chiqish natijasi boʼyicha adliya boʼlimining aralashuvi bilan fuqaro X.Jumaniyozovga tuman qishloq xoʼjligi boʼlimidan 2021 yil 31 avgust kungi 48-sonli toʼlov topshiriqnomasi bilan 1 542 838 soʼm ishsizlik nafaqasi hamda 2021 yil 15 sentyabr kungi 2128700236-sonli toʼlov topshiriqnomasi bilan 3 085 676 soʼm moddiy madad pullari toʼlab berilishi taʼminlandi.
Shuningdek, tuman aholi bandligiga koʼmaklashish markazi tomonidan boʼlimning taklif xatida koʼrsatilgan holatlar yuzasidan oʼrganish olib borilib, Xonqa tuman qishloq hoʼjaligi boʼlimi bosh hisobchisi Gʼ.Jumaniyozov tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi aniqlanib, Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 49-moddasi 1-qimi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortildi.