Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

АDLIYA АRАLАSHGАCH!


Shovot tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʼlimida joriy yilning 8 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga qadar koronavirus infektsiyasi bilan kasallikka chalingan bemorlarni davolashda ishtirok etgan bir gurux shifokorlarga qoʼshimcha ishlaganliklari uchun maxsus qoʼshimcha ragʼbatlantirish toʼlovlari berilmaganligidan norozi boʼlib yozgan jamoaviy murojaat tuman adliya boʼlimi tomonidan mazmunan koʼrib chiqildi.
Аniqlanishicha, Xorazm viloyat Sogʼliqni saqlash boshqarmasining 2021 yil 30 iyuldagi 186-I-sonli hamda Shovot tuman tibbiyot birlashmasining 2021 yil 15 sentyabrda TTB yuqumli kasalliklar boʼlimida maxsus karantin boʼlimi tashkil qilinishi toʼgʼrisidagi 65-I-sonli buyruqlariga asosan, murojaat mualliflari joriy yilning 8 avgustidan 2 sentyabriga qadar koronovirus infektsiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinib, infektsiyaga chalingan bemorlarni davolashda qatnashganliklari maʼlum boʼldi.
Mazkur holat yuzasidan, adliya boʼlimining aralashuvi bilan bilan murojaat mualliflariga tuman tibbiyot birlashmasining 2021 yil 1 oktyabrdagi №5-sonli toʼlov qaydnomasiga asosan 8 667 000 soʼm miqdorda maxsus toʼlov ragʼbatlantirish mablagʼlari toʼliq toʼlab berildi.