Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Yuridik xizmat koʼrsatish Markazlari oʼz faoliyatini boshladi.


Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi PQ-5168-sonli qaroriga muvofiq 2021 yil 1 oktyabrdan mahalliy byudjet mablagʼlari hisobidan moliyalashtiriladigan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Аdliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining huzurida yuridik xizmat koʼrsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.
Markazlar faoliyatining asosiy yoʼnalishlari etib quydagilar belgilandi: 
yuridik xizmat koʼrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash;
davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʼrsatish;
davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish;
davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini oʼz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash;
davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash.
Davlat tashkilotlarining tuman (shahar) boʼlinmalarida 2021 yil 
1 oktyabrdan boshlab jami 1 386 ta yuridik xizmatlar shtat birliklari qisqartirilib, ularga Markazlar tomonidan yuridik xizmatlar koʼrsatilmoqda.
Qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan Markazlar faoliyatini tashkil etish uchun 1 056 ta shtat birligi ajratildi.
2021 yil 1 oktyabrdan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish bilan bogʼliq barcha maʼlumot va jarayonlarni toʼliq elektron ravishda yigʼish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi joriy etildi.
Markazlar xodimlariga sud protsessida yuridik xizmat koʼrsatiladigan tashkilotlarning vakili sifatida qatnashish huquqi berildi.
Markaz xodimi boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarga ishga oʼtganda uning mehnat staji, martaba darajalari, shu jumladan koʼp yillik xizmat uchun qoʼshimcha toʼlov va ustamalarni toʼlash uchun moʼljallangan mehnat staji yangi ish joyida hisobga olinadi.
Markazlarning qonuniy faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish va toʼgʼridan-toʼgʼri yoki bilvosita taʼsir oʼtkazish qatʼiyan taqiqlanadi.
Markazlar tomonidan yuridik xizmat koʼrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʼl qoʼyilmaydi. Bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda u qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.