Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

MUROJААT ORTIDА INSON TАQDIRI!


Gurlan tumanida faoliyat koʼrsatib kelayotgan “Chinobod-orzubiolaboratoriya 1” MChJ rahbari Yo.Xudayberganovning tuman hokimligiga ayrim huquqiy masalalarda qilgan murojaatiga berilgan javobdan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Аniqlanishicha, Gurlan tumanida faoliyat koʼrsatib kelayotgan “Chinobod-orzubiolaboratoriya 1” MChJ rahbari Yo.Xudayberganov fuqaro B.Urazmetovning xatti-harakatlaridan norozi boʼlib tuman hokimi nomiga 2020 yil 24 noyabr kuni qilgan murojaati tuman hokimining oʼrinbosari tomonidan toʼliq, xolisona oʼrganilmasdan hamda koʼrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzib 2020 yil 26 dekabr kuni javob xati berilganligi maʼlum boʼldi.
Murojaat natijasiga koʼra, Gurlan tuman hokimining oʼrinbosariga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 43-moddasida nazarda tutilgan xuquqbuzarlik alomatlari bilan maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy hal qilishlik uchun toʼplangan hujjatlar Jinoyat ishlari boʼyicha Gurlan tuman sudiga yuborildi va sud tomonidan 2021 yil 31 avgust kuni koʼrib chiqilib jarima jazosi tayinlandi.