Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

BIR MUROJААT IZIDАN!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro D.Xudoyqulovaning kasanachilik bilan shugʼillanib oʼz oʼzini band qilishga zarur boʼlgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini harid qilish uchun subsidiya ajratib berilmayotganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Murojaatni koʼrib chiqish jarayonida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi Urganch shahar vasiylik kengashi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021 yil 28 apreldagi 250-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha vaqtinchalik tartibga rioya etilmaganligi aniqlandi.
Аniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi Urganch shahar vasiylik kengashiga taqdimnoma kiritilib, taqdimnoma natijasida fuqaro D.Xudoyqulovaga 9 250 000 soʼm miqdoridagi tikuv mashinasi va overlok mashinasi hamda dazmol subsidiya asosida ajratib berildi.