Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

NNTlarning muammo va takliflari tinglandi!


Joriy yilning 28 sentyabr kuni Nodavlat notijorat tashkilotlari uyida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va hududdagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlaridan iborat tarkibda tuzilgan ishchi guruhi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari murojaatlari bilan ishlashda qonun talablariga soʼzsiz rioya etish, NNTlar murojaatlarini koʼrib chiqishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini tushuntirish boʼyicha davra suhbati va sayyor qabul oʼtkazildi.
Tadbir davomida viloyatdagi faol boʼlgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tomonidan bildirilgan muammolar va sohani rivojlantirish yuzasidan takliflari tinglanib, adliya boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlarning ish yurituviga qabul qilindi.