Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Hokim qarori haqiqiy emas deb topildi!


Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yangiariq tumani, “Gullanbogʼ” qishlogʼi, Doʼstlik mahallasi Аmudaryo koʼchasi 11-uyda yashovchi B.Bekchanovning nevarasiz J.Sadullaevga “Kemping va maishiy xizmat koʼrsatish shahobchasi” binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratib berish xaqidagi qarori bekor qilinganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Yangiariq tuman hokimining 2019 yil 28 sentyabrdagi 6665q-sonli qarori bilan J.Sadullaevga Yangiariq tumani, “Ostona” qishlogʼi yer xaritasining 3-qism konturi hududidan “Kemping va maishiy xizmat koʼrsatish shahobchasi” binosi qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan 300 m2 yer maydon ajratib berilgan.
Tuman xokimining 2021 yil 9 apreldagi 526q-sonli qaroriga asosan Yangiariq tuman prokuraturasining 2021 yil 31 martdagi 10.2/13-21-562-sonli protesti asosida tuman xokimining 2019 yil 28 sentyabrdagi 6665q-sonli qarori bekor qilingan.
Oʼrganish natijasi boʼyicha tuman xokimining 2021 yil 9 apreldagi 526q-sonli qarorini xaqiqiy emas deb topish boʼyicha Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga daʼvo arizasi kiritilib, sudning 2021 yil 25 iyundagi qaroriga asosan Yangiariq tuman hokimining 2021 yil 9 apreldagi 526q-sonli qarori haqiqiy emas deb topilgan.