Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

ADLIYA BOSHQARMASIDA “FAMILY DAY”!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasida “Family day” (oila kuni) loyihasi amalga oshirildi.
Loyiha doirasida adliya organlari xodimlarining oila a’zolari, farzandlari boshqarma binosiga taklif qilindi.
Mehmonlar uchun boshqarma binosiga ekskursiya tashkil etildi. Bolajonlar ota-onalarining ish o‘rinlariga o‘tirib, “Adliya xodimi qanday ishlaydi?” degan savolga javob topdilar.
Shuningdek, bolajonlar BOSHQARMA KUTUBXONASINI ham tomosha qilib, bu erdagi badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar.
QO’G’IRCHOQ TEATRI tomonidan sahnalashtirilgan spektakl esa bolajonlarda iliq taasurot uyg’otdi.   
Tadbirdagi turli interaktiv o‘yinlar, bolajonlar tomonidan rasm chizish shartlari hamda “BAYRAMONA TORT” tadbirni yanada ko’tarinki ruhda o’tishiga o’zgacha mazmun bag’ishladi. 
“Family day” loyihasi yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda adolat, tartib, qonun tushunchalariga yaqinlikni paydo qilish, shuningdek, huquq sohasiga qiziqish uyg‘otish maqsadida tashkil etildi. Tadbir yakunida ushbu maqsadlarga to‘liq erishilgani bolalarning ko‘tarinki kayfiyati va boy taassurotlarida o‘z aksini topdi.