Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
09.01.2026

Xorazm viloyat adliya boshqarmasining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi yillik hisoboti

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida faoliyat yurituvchi xodimlarga nisbatan 2025-yil davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlar kelib tushmaganligi ma’lum qilinadi.
Minimallashtirish choralari.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va kamaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelingan.
Jumladan, tuman (shahar) adliya bo‘limlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlariga reyd tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Shuningdek, tizimda ishlab kelayotgan barcha xodimlardan korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etmasligi, bu kabi holatlarga duch kelgan taqdirda zudlik bilan boshqarmani xabardor qilishi yuzasidan tilxatlar olingan.
Shu bilan birga, korrupsiyaviy risk mavjud deb baholangan lavozimlarda ishlab kelayotgan xodimlar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar o‘tib kelinmoqda.

Рўйҳатга қайтиш