Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i
Jumanyozov Nodir Xudayberdievich
Телефон:
(0362) 227-77-22
Jumanyozov Nodir Xudayberdievich - 1982 yil 7 noyabrda Xorazm viloyat Xazorasp tumanida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2003 yilda Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavr bosqichini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistiratura bosqichini tamomlagan. 2013 yilda Koreya Respublikasi CHUNG-ANG CAU universitetining doktorantura bosqichini tamomlagan.
N.Jumanyozov mehnat faoliyatini 2005-2006 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida ishlashdan boshlagan, 2006-2009 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, 2009-2013 yillarda Koreya Respublikasi CHUNG-ANG CAU universiteti doktoranti, 2013 yilning may-iyul oylarida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bo'lim boshlig'i, 2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining bo'lim boshlig'i, 2017 yilning iyul-dekabr oylarida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, 2017-2018 yillarda O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi Xorijiy mehnat bozori tahlil bo'limi Osiyo va Tinch okean mintaqaviy mamalakatlari sho'basi mudiri, 2018 yilning yanvar-aprel oylarida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i, 2018-2019 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasining boshlig'i vazifasini bajaruvchisi, 2019 yilning sentyabr-oktyabr oylarida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi, 2019-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig'i, 2020-2021 yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, 2021-2022 yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida ishlagan.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022 yil 29 apreldagi 346-sht-sonli buyrugi bilan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangan.
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari
Atayev Moʻminjon Xursandovich
Телефон:
0(362) 227-77-22
Atayev Moʻminjon Xursandovich- 1987-yil 28-iyunda Xorazm viloyati Xiva shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutining bakalavr bosqichini tamomlagan.
M.Atayev mehnat faoliyatini 2011-2013-yillarda Xorazm viloyati Xiva tumani “Xiva-sopoli” masʼuliyati cheklangan jamiyati huquqshunosi lavozimida ishlashdan boshlagan, 2013-2014-yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi notarial arxivi arxivariusi, 2014-2016 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va FHDY organlari boʻlimi yetakchi maslahatchisi, 2016-2017 yillarda Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh maslahatchisi, 2017-yilning fevral-dekabr oylarida Xorazm viloyat adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻlimi bosh maslahatchisi, boʻlim boshligʻi, 2017-2022 yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2022-2024-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2024-yil 28-noyabrdagi 682-sht-sonli buyrug‘i bilan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari
Matyoqubov Xushnudbek Norimbayevich
Телефон:
+998622277722
Matyoqubov Xushnudbek Norimbayevich - 1989-yil 7-iyulda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 2013-yilda Qoraqalpoq davlat universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
X.Matyoqubov mehnat faoliyatini 2014-2015-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi kompyuter texnikalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnigi lavozimida ishlashdan boshlagan, 2015-2016-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy ekspertiza va qonun hujjatlarini turkumlash sho‘basi katta maslahatchisi, 2016-2017-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Targ‘ibot va huquqiy ma’rifat bo‘limining yetakchi maslahatchisi, 2017-2022-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Kadrlar bo‘limi bosh maslahatchisi, 2022-2024-yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i, 2024-yilning may-dekabr oylarida Xorazm viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho‘basi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 307-sht-sonli buyrug‘i bilan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.