Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i

Jumanyozov Nodir Xudayberdievich

Телефон:
(0362) 227-77-22

Fuqorolarni qabul qilish xar haftaning juma kuni 15.00dan 17.00gacha

Jumanyozov Nodir Xudayberdievich - 1982 yil 7 noyabrda Xorazm viloyat Xazorasp tumanida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2003 yilda Qoraqalpoq davlat universitetining bakalavr bosqichini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistiratura bosqichini tamomlagan. 2013 yilda Koreya Respublikasi CHUNG-ANG CAU universitetining doktorantura bosqichini tamomlagan.

N.Jumanyozov mehnat faoliyatini 2005-2006 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida ishlashdan boshlagan, 2006-2009 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi, 2009-2013 yillarda Koreya Respublikasi   CHUNG-ANG CAU universiteti doktoranti, 2013 yilning may-iyul oylarida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi bo'lim boshlig'i, 2013-2017 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining bo'lim boshlig'i, 2017 yilning iyul-dekabr oylarida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, 2017-2018 yillarda O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Xalqaro aloqalar boshqarmasi Xorijiy mehnat bozori tahlil bo'limi Osiyo va Tinch okean mintaqaviy mamalakatlari sho'basi mudiri, 2018 yilning yanvar-aprel oylarida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i,              2018-2019 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy hamkorlik boshqarmasining boshlig'i vazifasini bajaruvchisi, 2019 yilning sentyabr-oktyabr oylarida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi, 2019-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshlig'i,  2020-2021 yillarda Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari, 2021-2022 yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimlarida ishlagan.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022 yil 29 apreldagi 346-sht-sonli buyrugi bilan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlangan.

 

Должностные обязанности

Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari

Sabirov Ruslan Jumanazarovich

Телефон:
0(362) 227-77-22

Fuqorolarni qabul qilish xar haftaning dushanba va seshanba kuni 15.00dan 18.00gacha

Sabirov Ruslan Jumanazarovich - 1989 yilda Xorazm viloyati Urganch shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2010 yil O'zbekiston milliy universiteti hamda 2018 yilda O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. 

R.Sabirov o'z mehnat faoliyatini 2011 yilda Xorazm viloyati Xiva tumani “P.Maxmud” xususiy korxonasi huquqshunosi, 2011-2012 yillarda “Qishloqxo'jalikkimyo” AJ Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Urganch tumani filiali huquqshunosi, 2012-2013 yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi notarial arxiv arxivariusi, 2013-2015 yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Notariat advokatura va FHDYO organlari bo'limi katta maslahatchisi, 2015-2016 

yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Notariat advokatura va FHDYO organlari bo'limi yetakchi maslahatchisi, 2016 yilda (aprel-avgust) Toshkent viloyati adliya boshqarmasi Notariat advokatura va FHDYO organlari bo'limining bosh maslahatchisi, 2016-2018 yillarda Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Notarial arxiv mudiri, 2018 yilda (may-iyul) Toshkent viloyat adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi 

boshlig'i, 2018 yilda (iyul-sentyabr) O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi, 2018-2019 yillarda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish boshqarmasi bosh maslahatchisi, 2019-2020 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha Vakil devonining bosh inspektori, 2020-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Xorazm viloyat filiali bosh inspektori, 2021 yilda (may-iyun) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining yetakchi maslahatchisi lavozimlarida ishlagan. 

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021 yil 4 iyundagi 392-sonli buyrug'i bilan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

Должностные обязанности

Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

Atayev Moʻminjon Xursandovich

Телефон:
(0362) 227-77-22

Fuqorolarni qabul qilish xar haftaning dushanba va juma kuni 15 00 dan 18 00 gacha
Atayev Moʻminjon Xursandovich- 1987 yil 28 iyunda Xorazm viloyati Xiva shahrida tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2010 yilda Toshkent davlat yuridik institutining   bakalavr bosqichini tamomlagan.

M.Atayev mehnat faoliyatini 2011-2013 yillarda Xorazm viloyati Xiva tumani “Xiva-sopoli” masʼuliyati cheklangan jamiyati huquqshunosi lavozimida ishlashdan boshlagan, 2013-2014 yillarda  Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi notarial arxivi arxivariusi,2014-2016 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va FHDY organlari boʻlimi yetakchi maslahatchisi, 2016-2017 yillarda Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh maslahatchisi, 2017 yilning fevral-dekabr oylarida Xorazm viloyat adliya boshqarmasining Davlat xizmatlari koʻrsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boʻlimi bosh maslahatchisi, boʻlim boshligʻi, 2017-2022 yillarda Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 16-maydagi 419-sht-sonli buyrugi bilan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Должностные обязанности